Prezident Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 21:28
Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoamizning hisobidagi oltin medallar sonini beshtaga yetkazgan yengil atletikachilar Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va taekvondochimiz Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident o‘z nomidan va barcha yurtdoshlar nomidan sportchilarni samimiy qutlab, bu zafarlar eng aziz, eng ulug‘ bayram – Mustaqillik kuniga munosib sovg‘a bo‘lganini aytdi. Elbek Sultonov yadro uloqtirish bahslarida 16.45 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.



Engil atletikachi Shavkat Mirziyoyevga ishonch va tabrik uchun minnatdorlik bildirdi.

Prezident ularning murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirib, kecha sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga ham salom va tabrik so‘zlarini yo‘lladi.

Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish bahslarida 50,32 metr natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev sportchilar “Amerikada ham oltinlarni shoda-shoda olib kelishlariga ishonch bildirdi”, Odilov yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga va’da berdi.
Taekvondochi Asadbek Toshtemirov Paralimpiya o‘yinlarida barcha raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati