Milan bu futbolchilarini jarimaga tortmaydigan bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 19:08
"Milan" Teo Ernandes va Rafael Leuni jarimaga tortmaydi.

“Milan” A seriyaning 3-turida “Lasio” bilan mehmonda durang o‘ynadi (2:2). Leau va Teo o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashdi.

Futbolchilar 70-daqiqada maydonga tushishdi va oradan 30 soniya o‘tib jamoaning ikkinchi golida birgalikda ishtirok etishdi.

Gol nishonlashdan so‘ng o‘yin "cooling break" uchun to‘xtatildi. Shu o‘rinda «Milan» bosh murabbiyi Paulo Fonseka futbolchilarga taktik ko‘rsatmalar berdi, biroq Leau va Teo Ernandes sheriklariga qo‘shilmadi.

Aksincha, o‘yinchilar qarama-qarshi qanotda qolib, o‘yin qayta boshlanishini kutishdi.

O‘yindan so‘ng Teo ikki daqiqa oldin maydonga tushganliklarini va tanaffusga muhtoj emasliklarini aytdi.
Futbolchi, shuningdek, ularning xatti-harakati jamoa yoki murabbiyga qarshi bo‘lmaganini ta’kidladi. "Milan" Ernandes va Leaoni jarimaga tortmasligi ham ma’lum bo‘ldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati