Napolining yangi futbolchisini talon-taroj qilishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 19:04
"Napoli"ning yangi futbolchisi David Neres o‘yindan so‘ng Neapolda talon-taroj qilindi.

Kecha Antonio Kontre shogirdlari A Seriyaning 3-turida "Parma"ni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Braziliyalik vinger g‘alaba goliga pas berdi. Futbolchi 21 avgust kuni “Benfika”dan “adzurrilar” safiga kelib qo‘shilgandi.

Uchrashuv boshlanishidan oldin u muxlislarga Romelu Lukaku, Skot Maktominay va Billi Gilmur bilan birga klubning yangi futbolchisi sifatida tanishtirildi.

O‘yindan so‘ng futbolchi rafiqasi va qizi bilan mehmonxonaga qaytdi. Stadion yaqinida motosikldagi ikki kishi mashinasini to‘xtatib, derazani sindirib, Neresga qurol ko‘rsatib, uning Roleks soatini o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar bermoqda Calciomercato.

Voqeadan keyin futbolchi muxlislar bilan uchrashishga bormay, mehmonxonaga shoshildi. Keyinroq uning rafiqasi Kira Vinona ijtimoiy tarmoqlarda yuz bergan voqea haqida gapirib, muxlislaridan uzr so‘radi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati