Tashabbusli byudjetning g‘olib loyihalari e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 19:00
“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024 yildagi 2-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi, deya xabar qilmoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, jarayonlarda respublika bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berilgan va 2 trln 139 mlrd so‘mlik 1 772 ta loyiha g‘olib deb topilgan.

Respublika bo‘yicha eng ko‘p ovozni Koson tumanidan qo‘yilgan loyiha (ichki yo‘llarni ta’mirlash) to‘plagan – 14 663 ta. Chirchiq shahridan qo‘yilgan loyiha (ichki yo‘llarni ta’mirlash) esa eng kam – atigi 52 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, mavsumga 6 iyuldan start berilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati