• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Vengriya poytaxtidagi binolardan biri mamlakatimiz mustaqilligi munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

Vengriya poytaxtidagi binolardan biri mamlakatimiz mustaqilligi munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 18:42
2024 yil 31 avgustdan 1 sentyabrgacha birinchi bor Vengriya poytaxtining eng mashhur me’moriy inshootlaridan biri bo‘lgan Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi.

Ushbu tadbir O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi tomonidan va OTP Bank hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Buda tepaligining tarixiy tumanida joylashgan Baliqchilar qal’asi Budapeshtning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biridir.

Butun dunyodan minglab sayyohlarni jalb qiladigan bu bino YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va Vengriyaning boy tarixini anglatadi.

Baliqchilar qal’asining O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritilishi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik timsoliga aylandi. Bu O‘zbekiston va uning xalqi uchun Davlat Mustaqilligini nishonlashning ahamiyati va muhimligini ta’kidlaydi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati