Xolandning jamoadoshlari yana uning mahoratiga qoyil qoldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 18:30
Erling Xoland o‘zining xet-triklari bilan "Manchester Siti"dagi sheriklarini "charchatgan" bo‘lishi mumkin.

Norvegiyalik hujumchi shanba kuni “Vest Xem”ga qarshi o‘yinda (3:1) “Manchester Siti”ning uchta goliga mualliflik qildi.

An’anaga ko‘ra, Xolandning jamoadoshlari uni tabriklash uchun Xoland o‘ynagan to‘pga imzo chekdi. O‘yinchilardan biri shunday deb yozgan: "########".

Premyer-liganing yangi mavsumida norvegiyalik futbolchi 3 ta o‘yinda 7 ta gol urdi. 24 yoshli futbolchi “Ipsvich”ga qarshi o‘yinda ham (4:1) xet-trik qayd etdi va “Chelsi”ga (4:2) qarshi 1-tur uchrashuvida gol urdi.

Umuman olganda, Xoland Premyer-ligada 8 ta xet-trik qayd etgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati