Paralimpiada shaharchasida g‘olib va sovrindor sportchilar taqdirlandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 18:20
Bugun Paralimpiya shaharchasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizning yana bir guruhini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, delegasiya a’zolari, sportchilar va trenerlar ishtirok etdi.

O‘z navbatida Parijni zabt etayotgan para atletlarimiz Mustaqillik bayrami arafasida qo‘lga kiritilgan ushbu medallar Muhtaram Prezidentimizning Paralimpiya harakatiga qaratayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rliklari mahsuli ekanligini alohida ta’kidlashib, yaratib berilgan sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Shuningdek, g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati