“Milan”ning sobiq futbolchisi: Bu tizimli muammo

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 18:10
Italiya chempionatining dastlabki uch turida “Milan” o‘z darvozasidan oltita gol o‘tkazib yubordi va bor-yo‘g‘i ikki ochkoni qo‘lga kiritdi.

Klubning sobiq futbolchisi Massimo Ambrozinining fikricha, "Milan" o‘tkazib yuborgan gollar tabiati jamoa himoyasidagi tizimli muammolardan darak beradi. 

"Pavlovichning goli o‘yin dinamikasini o‘zgartirib yubordi, o‘yinni milanliklar o‘z qo‘liga olgandek tuyuldi.

Ammo ikkinchi bo‘limda "Lasio" faol pressing qila boshlaganida, "Milan" bunga umuman tayyor emasligi va hech qanday munosabat bildirmagani ma’lum bo‘ldi.

Shu boisdan ham xuddi “Parma” bilan o‘yindagi kabi ikkita bir xil gol o‘tkazib yubordik. Bu tizimli muammo", - deya Ambrozinining so‘zlarinini keltiradi pianetamilan.it.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati