Yunus Mussa: «Agar Xudoni tanimaganimda bugungi joyimda bo‘lolmasdim»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 15:06
Joriy mavsumdan «Milan»ning asosiy markaziy himoya uchligiga da’vo qila boshlagan Yunus Musa The Athletic nashriga intervyu berdi.

 Unda 21 yoshli amerikalik «sayyoh futbolchi» hayoti, o‘tmishdagi klublari, maqsadlari va boshqa bir qator qiziqarli savollarga javob berdi.

- Sizdagi «sayohat»ga o‘chlik qayerdan paydo bo‘lgan?

- Ehtimol, otamdan meros qilib olgandirman. U ham 16 yoshida uyini tashlab chiqib ketgan va bu haqda menga ko‘p hikoyalar aytib beradi. O‘z navbatida, bu meni juda ilhomlantiradi. Hozir biz Yevropada ajoyib hayotga egamiz. Shunday ekan, unga rahmat aytaman, u muhtojlikdan ko‘p narsani boshidan kechirdi. Va buning yagona sababi bugungi kunga yetishimiz bo‘lgan.

- U sizga nimalar aytib berardi?

- Asosan muhojirlar haqida hikoya qilib berardi. U ko‘p narsalarni qilishga majbur bo‘lgan - masalan, Italiyada bo‘lganida, mashinalarda va hatto ko‘chada uxlab qolardi. Ishga velosipedda borib kelish uchun to‘rt soat vaqti ketgan. Keyin motosiklga, keyin esa mashinaga o‘tdi. Bularning barchasi men tug‘ilishimdan oldin bo‘lgan. Ammo bular menda undan minnatdor bo‘lish hissini uyg‘otadi. Ayrim vaziyatlarda shularni o‘ylasam, kibrdan qochishimga yordam beradi. Axir, otangiz shunday kunlarni boshdan kechirganida, qanday qilib mayda-chuyda narsalardan shikoyat qilish mumkin? Bu narsa ko‘zingizni ochadi. Men juda minnatdorman.
- Zlatan Ibragimovich yonida bo‘lish qanday?
- U doimo ko‘z oldimizda. Bu yoqimli. U biz bilan muloqot qilish uchun tez-tez yogimizga keladi, u ajoyib ustoz. Zlatanning qanchalik talabchan ekanligini va sizni qanday qilib oldinga siljitishini hamma biladi. U shunday deydi: «Biz «Milan»damiz, shuning uchun g‘alaba qozonishimiz shart. Faqat ba’zi o‘yinlarda g‘alaba qozonish yetarli emas. Hamma bu klubga o‘tishni xohlaydi, shuning uchun bu yerda hech kimga joy kafolatlanmaydi». Shunday g‘oyalar bizni yaxshi holatda saqlaydi.
- Shaxsiy maqsadlaringiz qanday?
- Iloji boricha ko‘proq o‘yin o‘ynashni, gollar urishni xohlayman - men faqat ijobiy narsalarni xohlayman. Har mavsumni ambisiya bilan, qaysi jihatlarni yaxshilashni aniq belgilab boshlaysiz. Unvonlar ham men uchun muhimdir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati