Valensiya XXI asrdagi eng yomon ikkinchi startini qayd etmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 12:28
Kecha, 31 avgust kuni Ispaniya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan “Valensiya” va “Vilyarreal” uchrashuvida durang qayd etildi – 1:1.

Gollarga Ugo Duro (24) va Ayose Peres (45+3) mualliflik qilishdi.

Bu durang “Valensiya”ga joriy mavsumdagi ilk ochkosini keltirdi, bungacha “Atletik” (0:1), “Selta” (1:3) va “Barselona” (1:2) bilan o‘yinlarda uchta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan edi.

La Liganing dastlabki 4 turida qo‘lga kiritilgan 1 ochko klubning 21-asrdagi ikkinchi eng yomon natijasi hisoblanadi.

2016/17 yilgi mavsumda bundan ham yomonroq start qayd etilgandi, o‘shanda Pako AYEstaran boshchiligidagi jamoa 0 ochko jamg‘argandi. Natijada u ishdan bo‘shatildi va uning o‘rniga 30 dekabrgacha ishlagan Chezare Prandelli taklif qilindi.

Jamoa mavsumni Voro bilan yakunladi, bu esa “ko‘rshapalaklar”ning 12-o‘rinni egallashiga yordam berdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati