Benfika bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 12:18
"Benfika" bosh murabbiyi Rojer Shmidtni iste’foga chiqardi.

“Rojer Shmidt endi “Benfika” murabbiyi emas. Men buni tasdiqlayman. Men unga barcha sa’y-harakatlari, ikkita unvon va klubimiz o‘yinchilari bilan ishlagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", - dedi Lissabon prezidenti Ruy Koshta.

Shu bilan birga, klub 57 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnomani bekor qilish borasida haligacha kelishuvga erisha olgani yo‘q.

Shmidt “Benfika”ni 2022 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida klub 2022/23 yilgi mavsumda Portugaliya chempionligini, 2023 yilda esa mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati