Xitoylik millioner 20 yil davomida o‘g‘lidan badavat ekanini yashirib kelgan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 09:40
Achchiq gazak taomlar ishlab chiqaruvchi Mala Prince kompaniyasi asoschisi va prezidenti, 52 yoshli Chjan Yuy Du qariyb 20 yil davomida badavlat ekanini o‘g‘lidan yashirib kelgan. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.

Uning o‘g‘li haqiqatni bilgach, TikTok’da hayotidagi mazkur voqea haqida aytib berdi:

Millioner o‘g‘lining ismi Chjan Tzi Lu bo‘lib, hozirda u 24 yoshda. Uning otasi Mala Prince brendiga farzandi tug‘ilgan yilda asos solgan. O‘g‘il mazkur kompaniya mavjudligi haqida bilar, ammo uning moliyaviy qiymati haqida hech qanday ma’lumotga ega emas edi. Otasi unga biznesni saqlab qolish uchun katta qarz olgani va uni to‘lash lozimligi haqida uqtirib borgan.

Chjan Tzi Lu oddiy uyda o‘sdi va tarbiya topdi. Balog‘atga yetgach, Xitoyning Xunan provinsiyasidagi nufuzli OTMga o‘z kuchi bilan o‘qishga kirdi. Universitetni tamomlagach, u otasiga yordam berish va tezroq qarzlardan qutulish uchun doimiy ish joyi izlayotgani haqida aytdi. Aynan shu vaqt millioner ota o‘g‘liga haqiqatni oshkor qilgan va shundan so‘ng ularning oilasi 1,5 million dollarlik hashamatli uyga ko‘chib o‘tgan.

Kichik Chjan hozirda Mala Prince kompaniyasining marketing bo‘limida ishlamoqda. Otaning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘il o‘z iste’dodini to‘liq namoyon qila olsagina, kompaniya unga meros bo‘lib qoladi.

Chjan Tzi Lu moliyaviy erkinlikka chiqqanidan g‘oyat mamnun ekanini tan oladi:


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati