Krouford WBA chempionlik kamaridan voz kechdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 10:28
Bu haqda WBA tashkiloti xabar bermoqda.

"Terens Krouford Butunjahon boks assosiasiyasining (WBA) super yarimo‘rta vazn toifasida chempion bo‘lib qolishga va yarim o‘rta vazndagi kamarini bo‘shatishga qaror qildi", deyiladi xabarda.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, endilikda litvalik Eymantas Stanionis yarimo‘rta vazndagi yagona chempionga aylanadi.

Mazkur vazn toifasida jang qiluvchi hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ayni paytda WBA reytingida birinchi o‘rinni egallab, qoidasi bo‘yicha Stanionisning kamariga majburiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Terens Krouford hozirda super yarimo‘rta vazn toifasida WBA va WBO Interim kamarlari sohibi bo‘lib turibdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati