Man Siti hujumchisi APL tarixiga kirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 10:26
31 avgust kuni Angliya premyer-ligasining 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda "Vest Xem Yunayted" va "Manchester Siti" jamoalari to‘qnash kelishdi.

Unda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. “Manchester Siti” yulduzi norvegiyalik hujumchi Erling Xoland ushbu uchrashuvda uchta gol urdi va 21-asr Premyer-ligasi tarixida jamoaning dastlabki uchta o‘yinida ikkita xet-trik qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bu haqda Opta Sports xabar berdi.

Xoland o‘zining avvalgi xet-trikini APLning so‘nggi turida amalga oshirdi. O‘shanda norvegiyalik futbolchi “Ipsvich” darvozasiga uch marta gol urdi va uchrashuv 4:1 hisobida “Man Siti” foydasiga hal bo‘ldi.

1994/1995 yilgi mavsumda Premyer-liganing uchta start o‘yinida ikkita xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi "Brentford" futbolchisi Pol Juell bo‘lgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati