Oregon shtatida ikki dvigatelli samolyot turar-joy hududiga qulab tushdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 10:02
Engil ikki dvigatelli Cessna 421C samolyoti Oregon shtatining Portlend shahridan sharqda joylashgan Feyrvyu shahridagi turar-joy hududiga qulashi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi.

Bu haqda Aassociated Press xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Portlend-Troutdeyl aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan. Samolyotda ikki kishi bo‘lgan, ular halok bo‘lgan, qurilma shahar uylariga qulaganidan keyin yana bir kishi yerda vafot etgan.

Maltnoma okrugi sherif boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot qulashi chog‘ida elektr ta’minoti ustuniga va elektr simlariga urilib, yong‘inga sabab bo‘lgan. Yong‘in kamida to‘rtta uyni qamrab olgan. Yerda yana ikki jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatildi, biroq ularning jarohatlari og‘irligi haqida ma’lumot berilmadi.

Milliy transport xavfsizligi boshqarmasi halokat sabablarini o‘rganmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati