Paralimpiada. O‘zbekiston reytingda nechanchi o‘rinda?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 10:02
Xabar berganimizdek, kechagi kun ham o‘zbekistonlik paralimpiyachilar uchun omadli keldi. Bugungi kun oldidan O‘zbekiston sport delegasiyasi 5 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Bu bilan biz Fransiyadan o‘zib ketdik. Kecha Fransiya 7-o‘rinni band etgandi. Paralimpiya mezbonlari hisobida 3 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronza medali bor. 

Xitoy Respublikasi 20 ta oltin, 15 ta kumush, 7 ta bronza, jami 42 ta medal bilan ro‘yxatda peshqadamlik qilyapti. Chin yurti vakillari kechagi bahslarda 8 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi. O‘n bitta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza medaliga ega Buyuk Britaniya ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Braziliya delegasiyasi 8 ta oltin, 3 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.   








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati