Arteta: Bu juda hissiyotli kun edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 09:50
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Brayton"ga qarshi o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi - 1:1.

"Bu juda hissiyotli kun edi, shubhasiz. Biz o‘yinni juda yaxshi boshladik va uch-to‘rtta vaziyat yaratdikki, golga aylantira olmadik. Shundan so‘ng bizda, ayniqsa, to‘p bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi va o‘sha paytda bizga ustunlik yetishmadi.

O‘shanda raqib xatosidan unumli foydalangan holda juda yaxshi gol urdik. Keyin tanaffusga chiqdik, qaytib keldik va juda ishonchli o‘ynadik.

Shundan so‘ng hakam o‘yinning borishini o‘zgartiruvchi qaror qabul qildi. Stadion bizni qo‘llab-quvvatladi va biz bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak edi", - deya Artetaning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati