Sobiq futbolchi Sol Bamba vafot etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 09:38
"PSJ", "Lester", "Kardiff" va Kot-d`Ivuar terma jamoalarining sobiq futbolchisi Sol Bamba vafot etdi.

Turkiyaning ikkinchi oliy divizionida to‘p tepayotgan “Adanaspor” ustozi 39 yoshda edi. Klub uning sog‘ligi yomonlashgani uchun kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

2021 yil yanvar oyida o‘sha paytda "Kardiff"da o‘ynagan Bambaga lenfoma tashxisi qo‘yilgan. U kimyoterapiyadan o‘tdi va futbolchi sifatida yana bir mavsumni - "Midlsbro"da o‘tkazdi.

Shuningdek, himoyachi o‘z faoliyatida "PSJ" (shu klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi), "Hibernian", "Lester", "Lids" va Kot-d`Ivuar terma jamoalarida o‘ynagan va u bilan 2012 yilda Afrika kubogi vise-chempioniga aylangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati