Lavrov Rossiya-Ukraina muzokaralariga qarshi chiqqanlarga murojaat qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 09:36
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar muxoliflari bunday yondashuv oqibatlarini tushunishlari kerak, deya Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov RT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir yarim yil oldin muzokaralar mavzusiga to‘xtalib o‘tgan edi, u biz bunga qarshi emasmiz, deb aytgan. Qarshi bo‘lganlar qancha vaqt kechiktirsa, shunchalik qiyin bo‘lishini tushunishlari kerak”, dedi Lavrov.

Uning qayd etishicha, Istanbulda Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan ko‘p o‘tmay bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida kelishuvga erishish juda oson bo‘lgan, biroq Ukraina buni istamagan.

Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq joriy qilgan.

Iyun oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish tashabbuslari bilan chiqqan edi. Unga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning yangi hududlaridan olib chiqib ketilgandan so‘ng Moskva zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatadi va muzokaralarga tayyorligini e’lon qiladi.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev NATOga a’zo bo‘lish va demilitarizasiya va denasifikasiyani amalga oshirish niyatidan voz kechishini e’lon qilishi, shuningdek, neytral, qo‘shilmaslik va yadrosiz maqomni qabul qilishi kerak. Davlat rahbari Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini ham eslatib o‘tgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati