O‘zbekistonliklarni 1 apreldan qanday yangiliklar kutmoqda?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 09:32
O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab bank ustav kapitalining eng kam miqdori bosqichma-bosqich oshiriladi, ayrim yolg‘iz keksalarga poyezdga bepul chiptalar ajratiladi, nomoddiy madaniy merosni saqlovchi shaxslar har oyda rag‘batlantiriladi.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish kiritildi. Unga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan bank ustav kapitalining eng kam miqdori 350 milliard so‘mni tashkil etadi.

Ilgari bank ustav kapitalining eng kam miqdori 100 milliard so‘mni tashkil etishi lozim edi.

Shuningdek, tashkil etilayotgan yoki qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank ustav kapitali yuqorida nazarda tutilgan kundagi miqdorlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

“O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reestri yuritiladi.

2024 yil 1 apreldan reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga bevosita hamrohlik qiluvchi 1 nafar shaxsga bir yilda bir marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.
2024 yil 1 apreldan Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida:
ularda joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati yaratiladi;
ular tomonidan mobil, kunduzgi qatnov shaklidagi, qisqa va uzoq muddatli ijtimoiy va reabilitasiya xizmatlari ko‘rsatiladi.
Bunda, mazkur xizmatlardan:

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati