Konte: Hamma qoidalar va formatlarni o‘zgartirish kerak

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 09:34
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte Yevropadagi transfer oynasi vaqti haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, yozda yangi futbolchilarni qo‘lga kiritish va futbolchilarni sotish imkoniyati uch oy - iyun boshidan avgust oyining oxirigacha davom etadi.

"Bu absurd. Biz ketish arafasida turgan o‘yinchilarni tayyorlashimiz va biz hech qachon birga ishlamagan futbolchilarni kutishimiz kerak.

Yangi kelganlar qanday holatda bo‘lishini ham bilmaymiz. "Parma"ga qarshi o‘yinda zaxirada birorta ham yarim himoyachi yo‘q edi, chunki kecha Yakkarino va Saxo ijaraga berilgandi. Biz Lobotka va Zambo Angissaga hech narsa bo‘lmasligini kutdik.

Ko‘rib turibmanki, futbol doimo rivojlanib bormoqda, ammo yuqorida bu bema’ni qoida bilan shug‘ullanadigan odam bor.

Hamma qoidalar va formatlarni o‘zgartirish kerak. Bu alohida qoida barcha murabbiylar va klublarga zarar keltiradi.
Umid qilamanki, kelajakda hammasi o‘zgaradi", - deya Kontening so‘zlarini keltirmoqda DAZN.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati