O‘zbekiston qonunchiligida 1 sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 09:34
O‘zbekiston qonunchiligida 2024 yil 1 sentyabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlarni taqdim etdi.

Pensiya va nafaqalar oshadi

Pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda quyidagilar belgilanadi:

Jahon brendlari bilan hamkorlik qilgan ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi

Mashhur xalqaro brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik sub’ektlari uchun:

xalqaro standartlarni joriy etish, ekologik sertifikatlash va muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash, shuningdek, brend egalari korxonalarida, xususan, ularning ishlab chiqarish maydonchalarida ro‘yxat bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha xarajatlar qoplab beriladi
Ov qilishning yangi tartibi belgilanmoqda
Ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo‘jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.
Yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari ushbu faoliyat yo‘nalishlarini tashkil qilgandan boshlab 3 yil muddat mobaynida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Zargarlik sohasiga imtiyozlar

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati