Isroil G‘azoda emlash uchun gumanitar yo‘lak ajratilganini e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 09:30
Isroil Bosh vaziri devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelmanning aytishicha, Isroil G‘azo sektorida bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash uchun gumanitar yo‘lak ajratadi.

Bu haqda u Telegramda yozgan.

Bundan tashqari, u emlash kampaniyasi paytida to‘liq otashkesim haqidagi ma’lumotni rad etdi.

"G‘azoda poliomiyelitga qarshi emlash bo‘yicha to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Isroil faqat emlash guruhlari o‘tadigan gumanitar yo‘lak beradi”, — deyiladi bayonotda.

Bir necha soat ichida emlashni amalga oshirish uchun xavfsiz, cheklangan hududlar yaratiladi, dedi u.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati