“Everton” APL tarixiga kirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 08:50
Shanba kuni “Everton” APL 3-turi doirasida “Bornmut”ni qabul qildi.

Mersisaydliklar 87-daqiqaga kelib 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi va mezbonlarning yakuniy g‘alabasiga ozchilik shubha bilan qaradi.

Ammo «Bornmut» uch gol bilan «irischilar»ni larzaga keltira oldi - jamoa 87, 90+2 va 90+6-daqiqalarda gol urdi.

Natijada janubliklar "Gudison Park"da 3:2 hisobida zafar quchdi. Opta xabariga ko‘ra, APL jamoalarining 87-daqiqada ikkita to‘p farqi bilan oldinga chiqib, yakunda mag‘lubiyatga uchragan holatlari ilgari kuzatilmagan.

Endi 87-daqiqa bu boradagi eng so‘nggi ko‘rsatkichdir. "Everton" esa 0 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati