Germaniyaning bir qator shaharlarida o‘ta o‘ng kuchlarga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 08:10
Tyuringiya va Saksoniyadagi hududiy saylovlar arafasida Germaniyaning bir qator shaharlarida o‘ta o‘ng kuchlarga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi.

Erfurtda bir necha ming kishi “Germaniya uchun muqobil” partiyasi miting o‘tkazayotgan maydonga chiqib, ushbu partiyaga qarshi tinch namoyish o‘tkazdi. “Germaniya uchun muqobil” partiyasiga qarshi namoyishlar, shuningdek, Leypsig, Drezden va Gyorlis shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.

Saylovoldi so‘rovnomalariga ko‘ra, joriy yilgi mahalliy saylovlarda “Germaniya uchun muqobil” partiyasi g‘alaba qozonishi mumkin. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bunday natija Germaniyada kansler Olaf Shols boshchiligidagi hukmron koalisiya kelajagiga tahdid soladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati