Flik 7:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 08:06
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionati doirasida "Valyadolid" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (7:0) fikr bildirdi.

“Eng yaxshi tomoni shundaki, jamoa birinchi daqiqalardanoq biz xohlagandek o‘ynadi. Yigitlar hakam hushtak chalgan paytdan boshlab yuz foiz borini berib, juda yaxshi harakat qilishdi. Biz raqibga jiddiy bosim o‘tkazdik.

Muxlislarning munosabatidan mamnunman. Bu jamoaga berilgan mukofot. Biz barchamiz, jumladan, murabbiylar shtabi ham juda xursandmiz. Kechki ovqatga chiqsak, Barselona aholisi bizga katta kuch bag‘ishlaydi. Ular bizga juda mehribon. Bizning mentalitetimiz juda yaxshi, biz bir oiladekmiz.

Bugun maydonda o‘zgacha ochlik bo‘ldi. Biz har bir goldan keyin shiddatni kamaytirmadik”, dedi Flik.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati