APLda faqat ikki o‘yinchi ketma-ket ikki o‘yinda xet-trik qayd etgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-09-2024, 07:58
Shanba kuni “Manchester Siti” safarda “Vest Xem”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. “Shaharliklar”ning uchta goliga ham hujumchi Erling Xoland mualliflik qildi. APLning undan avvalgi turida norvegiyalik futbolchi “Ipsvich” darvozasini ham uch bor ishg‘ol qilib, xet-trik qayd etgandi.

Xoland ikkinchi marta Premyer-liganing ketma-ket ikkita o‘yinida xet-trik qayd etdi. Bundan avval norvegiyalik "Kristal Pelas" va "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinlarda ketma-ket uchta gol urgandi.

Xolanddan tashqari faqat bir futbolchi Premyer-liganing ketma-ket ikkita o‘yinida ikkita xet-trik qayd etgan. Bu futbolchi esa “Tottenxem” sobiq hujumchisi Xarri Keyn.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati