Toshkentda “migalka” o‘rnatib olib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Lacetti haydovchisiga chora ko‘rildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-03-2024, 09:26
Qayd etilishicha, 27 mart kuni Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi avtomashina salon qismiga ruxsatnomasiz miltillovchi (“migalka”) chiroq o‘rnatib, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib, qarama-qarshi harakatlangani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Mazkur video o‘rganilib, ushbu avtomashina haydovchisi Rahimjon ismli shaxsga nisbatanMa’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-(transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) hamda 135-moddalari (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istondagi to‘yda tanasini mashinadan chiqarib tasvirga olgan operatorlar va haydovchi jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangani, Samarqandda harakatlanayotgan Gentra dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.