Bellingemning ukasi ham grand klubga o‘tishi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 06:04
"Sanderlend" yarim himoyachisi Job Bellingem ko‘plab top-klublarning radarida.

"Real Madrid" yulduzining ukasini Angliya Premyer-ligasi vakillari kuzatib borishmoqda va "Real"ning o‘zi ham 18 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan. Tuttojuve xabariga ko‘ra, "Yuventus" kichik Bellingem uchun yana bir da’vogarga aylandi. "Byankonerilar" skautlari hujumkor yarim himoyachining o‘yinini o‘rganish uchun allaqachon Angliyaga kelishgan. Futbolchiga "Inter" va "Milan" ham qiziqish bildirmoqda.

Transfermarkt portali Job Bellingemning transfer qiymatini 9 million yevroga baholamoqda. Angliyalik futbolchi joriy mavsum “Sanderlend” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati