Ozarbayjonda 1 sentyabr kuni navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 23:58

Ozarbayjon aholisi 1 sentyabr, yakshanba kuni yettinchi chaqiriq mamlakat Milliy Majlisining (parlamenti) yangi tarkibini aniqlash uchun saylov uchastkalariga boradi.

28 iyun kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat parlamentini tarqatib yubordi va 1 sentyabrga muddatidan oldin parlament saylovlarini belgiladi. Mamlakat parlamentidagi 125 deputatlik o‘rni uchun 990 nafar nomzod kurash olib boradi. Mamlakatning 6 million 421 mingdan ortiq fuqarosi saylov huquqidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Saylovda 25 siyosiy partiyadan nomzodlar, jumladan, prezident Aliyev bo‘lgan Yangi Ozarbayjon partiyasi hamda mustaqil nomzodlar ishtirok etadi. Saylovni 112 mingga yaqin mahalliy va 604 nafar xorijiy kuzatuvchi kuzatib boradi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati