Joshua Zirkze: «Muxlislarga kayfiyat ulashishni ham unutmaslik kerak»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 23:52
Joshua Zirkze endi «MYU»ning har bir muxlisi tilida.

Zero, niderlandiyalik futbolchi APLning yangi mavsumi ilk oqshomi «Fulxem» darvozasiga yagona g‘alaba golini urdi. Xullas, iqtidorli hujumchi «Old Trafford»da to‘plangan muxlislarga o‘zini chiroyli tarzda tanishtirdi. Joshua «MYU» rasmiy saytiga bergan intervyusida faoliyatining ilk bosqichi, kumirlari va boshqa masalalar haqida gapirdi.

- Joshua, odatiy savol: nega aynan «MYU»ni tanladingiz?

- Menimcha, CHLda o‘ynaydigan «Bolonya»ni tashlab kelganim ko‘p narsani anglatib turibdi. Ushbu tanlov bo‘yicha katta ishonch va yaxshi tuyg‘ularga egaman. To‘g‘ri, bu shunchaki, oddiy qaror. Aytmoqchimanki, hamon «Bolonya»ni yaxshi ko‘raman, lekin «MYU»ning chorlovidan ko‘z yuma olmadim. Tabiiyki, «Old Trafford»ga katta rejalar bilan keldim va ularni amalga oshirishimga ishonaman.

- To‘pga har bir teginishingizdan muxlislar o‘zgacha zavqlanishadi...

- Ha, to‘p bilan muomala qilishni xush ko‘radigan, ijodkorlikka intiladigan futbolchiman. Shunchaki, ba’zida harakatim o‘ta chiroyli chiqishi mumkin. Maydonda nafaqat muxlislar, balki klubdoshlarim ko‘nglini ochishni xohlayman. Binobarin, jamoada kayfiyat yaxshi bo‘lsa, natija o‘z-o‘zidan kelaveradi. To‘g‘ri, futbolda nuqul individual harakatlarga berilish yaramaydi, lekin fikrimcha, stadionga kelgan muxlislarga zavq ulashishni ham unutmaslik kerak.
- Professional faoliyatingizni «Bavariya»da boshlagansiz. Endi «MYU» safidasiz. Bu ikki buyuk klub o‘rtasidagi farq nimalarda sezilmoqda?
- Menimcha, ikki jamoada umumiy yondashuv deyarli bir xil - har kuni o‘zingizni maksimal darajada ishga bag‘ishlashingiz shart. Aks holda, umumiy guruhdan tushib qolishingiz tayin. «Bavariya»da Manu Noyer bor - ajoyib yigit, barcha davrlarning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U hattoki, mashg‘ulotlarda ham yengil gol urishingizga imkon bermaydi. Qisqasi, Myunxenda ajoyib yigitlar davrasida shug‘ullanish, o‘ynash men uchun sharaf edi, u yerda esdan chiqmaydigan davrni o‘tkazdim. O‘ylaymanki, agar yosh futbolchilardan «Bavariya» haqida so‘rasangiz, faqat ijobiy so‘zlar eshitasiz. Qisqasi, men ham faoliyatimning ushbu bos­qichi uchun «Bavariya»dan bag‘oyat minnatdorman. Mana, endi «MYU»daman va o‘ylaymanki, faoliyatimdagi yangi sahifa yanada yorqinroq bo‘ladi.
- Asosiy kumiringiz kim?
- Ronaldinyo! Aynan u bosh qahramonim edi. To‘g‘ri, biroz ulg‘aygach, Ibragimovichdan ham o‘zgacha ilhom olganman, lekin Ronaldinyo asosiy kumirim hisoblangan, baribir.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati