Jorjinyo: «Futboldan abadiy qarzdorman»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 23:32
Jorjinyo (Jorje de Amorim Oliveyra Kampos) «Bavariya» libosini kiygan jahon darajasidagi braziliyalik yulduzlar orasida «qaldirg‘och» hisoblanadi.

 Rio-de-Janeyro ko‘cha futbolidan jahon chempionati taxtigacha yo‘l - ajib futbol sayohati! Buni kuzatganlar futbol Jorjinyo uchun oddiy o‘yin emas, hayot mazmuniga aylanganini yaxshi bilishadi. 17 avgust kuni 60 yoshini nishonlagan buyuk chempion yubileyidan sal oldin «51» jurnaliga katta intervyu berdi. Suhbat jarayonida jumladan, Germaniya va Frans Bekkenbauer braziliya­-lik chapani yigitni qay yo‘sinda abadiy shakllantirgani haqida so‘z bordi.

- Jorjinyo, «Bavariya» muxlislari 1994 yilning may oyida urgan golingizni nishonlashda vafot etganiga ko‘p bo‘lmagan «Formula-1» chempioni Ayrton Sennani xotirlaganingizni hali ham eslashadi. O‘shanda bu g‘oya o‘z-o‘zidan tug‘ilganmidi yoki...?

- Sennaning o‘limi shaxsan meni qattiq qayg‘uga solgandi. Axir u barcha braziliyaliklar uchun chin kumir edi. Lekin o‘sha oqshom «Shalke» darvozasiga gol urishni o‘ylamagandim. Har holda, o‘yingacha ham zarba yo‘llashdan ko‘ra, uzatma berish ustida ko‘proq ishladim. Kechagidek esimda, raqib Bruno Lubbadiya zarbasiga «blok» qo‘ygach, to‘p shundoq oyog‘im ostiga tushdi. Shunda biroz ikkilandim, lekin zaifroq sanalgan chap oyog‘imda zarba yo‘lladim, baribir. Muhimi, hammasi chiroyli chiqdi va to‘p darvoza burchagiga bordi. Keyin birdan Ayrton Sennani esladim va uning sharafiga qarsak chaldim.

- Hozir «Bavariya» haqida o‘ylaganingizda, miyangizda qanday tasvirlar aylanadi?

- Birinchi navbatda, ko‘z o‘ngimga Frans Bekkenbauer qiyofasi keladi. U mavsum-1993|1994ning ikkinchi yarmida murabbiy sifatida ishga kirishgandi - unutilmas davrlar! Frans darhol barchasini butunlay o‘zgartirdi. Xususan, kiyinish xonasi muhiti birdan keskin yaxshilandi. Qisqasi, Bekkenbauer qo‘l ostida maydonda chinakamiga yayraganmiz. Shuning uchun faoliyatimning «Bavariya»da o‘tgan 2,5 yilini eslasam, avvalo, xayolimga Kayzer bilan 6 oy birga ishlaganim keladi.
- «Bavariya»da 30 yil oldin javlon urgansiz. Myunxen grandiga hozir qanday munosabatdasiz?
- O‘tgan yili turmush o‘rtog‘im bilan ikki haftacha Myunxenda bo‘ldik. Aloqalar uzilmagan, asosan Stars4Kids jam­g‘armasi tufayli. Ayni payt «Bavariya»dan tashqari, Germaniyaning boshqa ko‘plab klublari ham bu ishimizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Umuman, har doim aytaman: Germaniya - bu men uchun ikkinchi vatan.
- Rio-de-Janeyrodagi uyin­gizda hali ham charm shimingiz bormi?
- Yo‘q, lekin o‘sha davrdan suratlar qolgan - ajoyib xotira. Avvaliga charm shim kiyish biroz g‘alati tuyulgan, lekin keyinchalik unda o‘zimni juda qulay his qilganman.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati