Ronaldu Buffondan 2018 yildagi goli uchun uzr so‘radi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 6
- Формат: mp4
- Дата релиза: 31-08-2024, 20:00
Krishtianu Ronaldu 2018 yilda «Yuventus» ga qarshi o‘yinda «Real» safida aylanma zarba bilan urgan mashhur goli uchun Janluiji Buffondan hazillashib uzr so‘radi.
Ronaldu va Buffon payshanba kuni Monakoda Chempionlar ligasi bosqichining dastlabki qura tashlash marosimida ishtirok etdi.
Qur’a tashlash marosimida Ronalduning shov-shuvli goli mavzusi ko‘tarildi, portugaliyalik yulduz Buffonga afsusda ekanligini aytib jilmayib qo‘ydi.
«Real Madrid» Italiyada 3:0 hisobida g‘alaba qozongan va javob o‘yinida 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, umumiy hisobda 4:3 hisobida keyingi bosqichga chiqqan edi.