Prezident Yangi Markaziy Osiyo haqida gapirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 19:28
Bundan sakkiz yil oldin Markaziy Osiyo tashqi siyosatimizning eng ustuvor yo‘nalishi deb belgilandi. Shu asosda qo‘shnilarimiz bilan do‘stona munosabatlar tubdan yaxshilandi.

“Barchamizning fidokorona mehnatimiz bilan xalqlarimizning barqaror taraqqiy etgan, tinchlik va hamjihatlik ruhi hukm suradigan Yangi Markaziy Osiyo haqidagi orzusi real haqiqatga aylanmoqda.

Mintaqamiz iqtisodiy o‘sish va investision faollik markazlaridan biri sifatida jadal rivojlanmoqda.

Bugungi noyob tarixiy imkoniyatlar asosida Markaziy Osiyoda har tomonlama sog‘lom siyosiy muhit, kelgusi avlodlar uchun erkin va xavfsiz kelajak yaratishimiz zarur.

Ayni paytda dunyoning barcha davlatlari bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli aloqalarimizni yangi bosqichga ko‘taramiz”,

- dedi Prezident hamda xorijiy do‘stlarimiz va hamkorlarimizga, bugungi tantanada ishtirok etayotgan diplomatik korpus vakillariga samimiy minnatdorchilik izhor etdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati