Varan «Komo»ning A Seriya uchun qaydnomasidan chetlatildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 19:20
Rafael Varan «Komo»ning A Seriya uchun qaydnomasidan chetlashtirildi.

31 yoshli himoyachi ushbu mavsumda Italiya klubiga erkin agent sifatida qo‘shilgandi.

U «Komo» safida Italiya kubogi doirasidagi «Sampdoriya»ga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4) debyut qildi, biroq o‘yinning 23-daqiqasida sonidan olgan jarohati tufayli almashtirildi.

Xabar qilinishicha, Varan uzoq muddatga safdan chiqdi va klub o‘yinchini A Seriya uchun qaydnomaga kirgazishdan voz kechdi.

Shu tariqa, «Real» va «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi «Komo» futbolchilar ro‘yxatini yangilamaguncha Italiya chempionati o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati