Ten Xag Shirerni tanqid qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 19:08
Erik ten Xagning aytishicha, Alan Shirerning Markus Reshfordni tanqid qilishi "ahmoqlik"dir.

“Manchester Yunayted”ning 26 yoshli forvardi joriy mavsumda hali gol ura olmadi va APL 2-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga (1:2) qarshi o‘yinning 65-daqiqasida almashtirildi.

"Reshford ikkita o‘yin o‘tkazdi va darvoza tomon birorta ham zarba yo‘llamadi. "Manchester Yunayted" o‘tgan mavsumda 57 ta gol urdi. Bu turnir jadvalining birinchi yarmidagi eng yomon natija.

Murabbiylar shtabiga Rud van Nistelroy taklif qilindi. U qandaydir tarzda o‘z sehrini ishga solishi kerak”, degandi Alan Shirer.

Erik ten Xag sobiq futbolchining tanqidiga javob qaytardi.

"Sizlar har doim hammani tanqid qilasiz. G‘alaba qozonishimiz yoki mag‘lub bo‘lishimiz muhim emas.
Agar men futbolchini o‘yindan chetlatsam, undan noroziman degan xulosaga kelasiz. Ammo mavsum oldidan Reshforddan juda mamnunman.
Men uni o‘z o‘rniga qo‘ymadim, chunki uning o‘yinlari talab darajasida emas edi. Biz rotasiya qilishimiz kerak, zaxira o‘rindig‘ida yangi energiya olib keladigan yaxshi futbolchilar bor", – dedi murabbiy.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati