Anchelotti: «Mavsum uzoq, tanqidlarga e’tibor bermaymiz»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 17:30
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum starti haqida fikr bildirdi. Ispaniya chempionatining uch turida «Los-Blankos» besh ochko to‘pladi.

«Biz har birimiz yaxshiroq bo‘lishimiz kerak. Biz jamoa sifatida yaxshiroq himoyalanishimiz kerak. Gap shundaki, bizda to‘pni qaytarishda muammolar bor. O‘tgan o‘yinlarda o‘z saviyamizni ko‘rsata olmadik.

To‘rt ochkolik farq? Mavsum uzoq. Biz tanqidlarga e’tibor bermaymiz. Biz bosimga o‘rganib qolganmiz va har doimgidek maygacha bunga duch kelamiz», - dedi Anchelotti jurnalistlarga.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati