Ukraina 1 yanvardan boshlab Rossiyadan YEIga gaz tranzitini to‘xtatadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 17:28
Ukraina 2025 yil 1 yanvardan Rossiya gazining Yevropaga tranzitini to‘xtatadi. Buni 30 avgust, juma kuni Ukrainaning Novini.LIVE portaliga bergan intervyusida mamlakat prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak tasdiqladi. Bu haqda DW`ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

«Bundan tashqari, eslatib o‘tamanki, «Drujba» neft quvuri ham 2025 yil 1 yanvardan o‘z faoliyatini to‘xtatadi», — dedi Podolyak. Slovakiya, Chexiya va Vengriya quvurning janubiy tarmog‘i orqali neft olgan. «Ular neft yetkazib berishni diversifikasiya qilish imkoniyatlarini topishlari kerak», dedi u.

Podolyak Rossiyadan Yevropaga neft tranziti haqidagi so‘zlarini tuzatdi

Keyinchalik Podolyak 2025 yildan boshlab neft tranziti to‘xtatilishi haqidagi o‘z so‘zlarini rad etdi. Ukraina Rossiya neftini Yevropaga tranzit qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini shartnomalar muddati tugaguncha to‘liq bajaradi, dedi u «Mi - Ukraina» telekanaliga.

«Ukraina o‘zining shartnoma majburiyatlarini to‘liq bajargan va bu kabi shartnomalar tugaguniga qadar bajaradi. Bu bizning Yevropa davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarimizga taalluqli», - dedi Podolyak.

Ukraina ommaviy axborot vositalari eslatganidek, «Ukrtransnafta» va Rossiyaning «Transneft» kompaniyasi o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, Ukraina 2029 yilgacha Rossiya neftini o‘tkazadi.
Kiyev Qozog‘iston va Ozarboyjon gazini tranzit qilishga tayyor
Shu bilan birga, Yevropa davlatlaridan biridan tegishli so‘rov kelib tushsa, Kiyev Qozog‘iston yoki Ozarboyjondan gaz tranzitiga tayyor.
«Bu fantastika - men hozir istehzo bilan gapiryapman - ajoyib strategik o‘ylangan operasiya. U (Rossiya prezidenti Vladimir) Putinning Yevropada gaz va neft tufayli hech qanday ta’siri bo‘lmasligiga olib keldi», - dedi Podolyak.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday dinamika Rossiya Federasiyasini energiya resurslarini boshqa bozorlarda demping sharoitida katta chegirmalarda sotishga majbur qiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati