Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi maoshini oshirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 17:00
Yevropa chempionatidan so‘ng Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishga qaror qildi. Oradan ko‘p o‘tmay, avvalroq yoshlar jamoasida ishlagan Li Karsli «Uch sherlar»ning vaqtinchalik boshqaruvchisiga aylangani ma’lum bo‘ldi.

"The Telegraph" jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, yaqinda Angliya futbol assosiasiyasi Karslining maoshini sezilarli darajada oshirgan. Shu tariqa murabbiy vaqtincha emas to‘liq stavkada ish boshlashi mumkin.

Sentyabr oyida Angliya terma jamoasi Millatlar ligasining yangi mavsumining dastlabki ikki o‘yinini o‘tkazadi. Li Karsli shogirdlari Irlandiyaga mehmonda va o‘z maydonida Finlyandiyaga qarshi bahs olib boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati