Pashinyan Aliyev bilan ikki davlat chegarasida uchrashishga tayyor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 16:38
Armaniston Ozarbayjon bilan munosabatlarni normallashtirish uchun bevosita muzokaralarni afzal ko‘radi. Mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon-Armaniston chegarasida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

«Report» ning Rossiya va Armaniston matbuotiga tayanib xabar berishicha, bu haqda bosh vazir shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

«Men (Ozarbayjon prezidenti bilan) shu formatdagi uchrashuvga tayyorman», — dedi bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida tinchlik shartnomasi bo‘yicha ikki tomonlama formatda olib borilayotgan ishlar samarali.

«Biz barcha xalqaro hamkorlarimizning Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik jarayoni uchun sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Biz Ozarbayjon bilan uzoq vaqtdan beri ikki tomonlama formatda ishlayapmiz. Bu format o‘z samarasini ko‘rsatdi», — dedi u.

Pashinyan bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga so‘nggi telefon muloqoti chog‘ida aytganini ta’kidladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati