Ukrainaning Xarkov shahriga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 97 kishiga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 15:42

Ukrainaning Xarkov shahriga qilingan hujum natijasida qurbonlar soni 97 kishiga yetdi. Bu haqda Xarkov viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ma’lum qildi.

«Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha Xarkovga dushman zarbasi natijasida 97 kishi jarohatlangan, ulardan 22 nafari voyaga yetmaganlar», — deb yozdi u Telegram-kanalida.

Avvalroq Xarkov meri Igor Terexov 30 avgust, juma kuni Xarkovga uyushtirilgan hujum oqibatida qurbon bo‘lganlar soni yetti kishiga yetganini ma’lum qilgandi.

«O‘lgan ayol hozirgina Sanoat tumanidagi 12 qavatli bino vayronalari ostidan olib chiqildi. Shunday ekan, bugungi kunda Xarkovni o‘qqa tutgan dushmanning yetti nafar qurboni bor», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

30 avgust kuni tushdan keyin Ukraina tomoni Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov shahrining markaziy qismida hujum uyushtirgani haqida xabar berdi. Xususan, 12 qavatli turar-joy binosi vayron bo‘lgan va yong‘in sodir bo‘lgan, deya xabar beradi viloyat hokimiyati.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati