Armaniston energetika tizimidan uzildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 15:32

❕ 30 avgust kuni soat taxminan 22:55 da Armaniston atom elektr stansiyasi mamlakat energetika tizimidan uzilgan. Bu haqda Armaniston hududiy boshqaruv va infratuzilma vazirligiga tayanib, NEWS.am xabar bermoqda.

O‘chirishga chaqmoq urishi sabab bo‘lgan, bu esa stansiyaning xavfsizlik tizimlari stansiyani xavfsiz o‘chirish rejimiga o‘tkazishiga sabab bo‘lgan. Ayni damda atom elektr stansiyasi jamoasi stansiyani qayta ishga tushirish bilan band, deyiladi xabarda.

Armaniston atom elektr stansiyasi — 1969-1977 yillarda Armaniston SSR hududida Metsamor shahri yaqinida qurilgan atom elektr stansiyasi. Mamlakatning asosiy elektr energiyasi manbalaridan biri hisoblangan stansiya VVER-440 reaktorli ikkita energoblokdan iborat. Respublikadagi umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarishda Armaniston atom elektr stansiyasining ulushi qariyb 40 foizni tashkil etadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati