APLda transfer oynasida qaysi klub eng ko‘p pul sarfladi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 15:20
Angliya premyer-ligasining qaysi klubi yozgi transfer oynasida eng ko‘p pul sarflagani ma’lum bo‘ldi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Londonning "Chelsi" klubi egalladi. Poytaxt klubi boshliqlari yangi futbolchilar uchun 261 million yevro sarfladi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida "Brayton" joylashgan - 231,2 million yevro bilan. Kuchli uchlikni 214,5 million yevro bilan “Manchester Yunayted” yakunlab turibdi.

Birmingemning “Aston Villa” klubi to‘rtinchi (176), “Tottenxem” esa beshinchi (144) o‘rinni egalladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati