• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Hindistonning grant mablag‘i hisobiga Sirdaryodagi maktablarga kompyuter jamlanmasi topshirildi

Hindistonning grant mablag‘i hisobiga Sirdaryodagi maktablarga kompyuter jamlanmasi topshirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 15:12

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi azaliy do‘stona munosabatlar bugungi kunda, deyarli, barcha sohalarda izchil rivojlanmoqda. Buni ta’lim sohasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan qator o‘zaro manfaatli loyihalar misolida ko‘rish mumkin.

Sirdaryodagi umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan jihozlash uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi ham shular jumlasidan. Unga ko‘ra, Hindistonning grant mablag‘lari hisobiga viloyatdagi 125 ta maktabga qiymati 1 million dollarlik 1 875 dona kompyuter jamlanmasi yetkazib berildi.

Kuni kecha Boyovut tumanidagi 19-maktabda ushbu loyihaning taqdimoti o‘tkazildi. Unda Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Smita Pant, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov hamda maktab jamoasi qatnashdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati