Pashinyan chegarada Ilhom Aliyev bilan uchrashishga tayyor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 14:26
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun Yerevanda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida muzokaralarni davom ettirish uchun Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan Ozarbayjon va Armaniston chegarasida uchrashishga tayyorligini aytdi.

Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Yerevan hozirgi bosqichda Boku bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni afzal ko‘rishini ma’lum qilganini ta’kidladi. Armaniston rahbari Ozarbayjon bilan ikki tomonlama hamkorlik formatini qo‘llab-quvvatlab, uning dekabrdan aprelgacha bo‘lgan davrda samarali bo‘lishini qayd etdi.

Shuningdek, Armaniston Bosh vaziri yaqinda chegarani delimitasiya qilish komissiyalarining birgalikdagi faoliyati to‘g‘risidagi Nizom imzolanganini ham aytib o‘tdi va ko‘p tomonlama formatlar mavjudligini istisno etmadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati