O‘zbekiston uchun AQSh oltinchi qo‘shni bo‘la oladimi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 14:14



Jurnalist Daniel Runde AQSh va O‘zbekiston munosabatlari rivojlanish strategiyasi va kelajagi haqida «The National Interest» nashrida tahliliy maqola e’lon qildi.

Muallif maqolada asosan ikki jihat O‘zbekistonning AQSh bilan yaqinlashishidagi maqsadlari, mamlakatning dengizga chiqish imkoniyatlari “O‘rta yo‘lakka” urg‘u bergan.

Rossiya, Xitoy savdo aylanmasi Yevropa va AQShdan yuqori


Muallif maqolada O‘zbekistonning Xitoy, Rossiya tashqi savdo aylanmasini yuqorilab borishiga AQSh bilan farqi yuqori ekanligiga urg‘u beradi. O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi savdo hajmi 2017 yilda 4,2 milliard dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilda taxminan 14 milliard dollarga yetgan. 2017 yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo hajmi 4,5 milliard dollar bo‘lgan, 2023 yilda 10 milliard dollarga yetgan. O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo hajmi 2018 yilda 355 million dollar bo‘lgan.Bu ko‘rsatgich 2023 yilda esa 650 million dollarga yetgan.
Nashrda, O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini diversifikasiya qilish, siyosiy aloqalarni mustahkamlash va infratuzilma hamda islohotlar bo‘yicha sa’y-harakatlarni rivojlantirish uchun ko‘proq AQSh hamda Yevropa Ittifoqi bilan savdo va investisiyalarni ko‘paytirishni istayotgani aytiladi. Agar ikki mamlakatning yaqinlashish sabablariga to‘xtaladigan bo‘lsak:
Birinchisi, O‘zbekiston AQShdan Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishida yordam berishini xohlaydi. O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST)ga a’zo bo‘lish loyihasi qariyb 30 yildan beri davom etib kelmoqda. Ammo hukumatning JST talab qiladigan siyosiy islohotlarni amalga oshirishga tayyorligi ham doimiy tarzda o‘zgarib turibdi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.
Bundan tashqari, jurnalist Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekistonning hamkorligi chuqur bo‘lmayotganligiga sabab sifatida “Jekson Born” sanksiyalarining ham o‘rni borligini aytib o‘tgan. AQSh Sobiq Sovet davlati tarkibiga kirgan ayrim davlatlarga nisbatan ilgari sanksiya qo‘llagan. O‘zbekiston ham haligicha sanksiyalar tarkibida borligi aytiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati