Tanzila Narbayeva Olmazor tumanida bordi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 13:32
2024 yil 30 avgust kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent shahrining Olmazor tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar va o‘zgarishlar, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishib, aholi xonadonlarida bo‘ldi.

Senat Raisi dastlab, tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i asosida tashkil etilgan «112» yagona dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishdi.

Markazning ish faoliyati, murojaatlar tahlili va ular bilan tizimli ishlash jarayonlari, har bir murojaat taqdiri qanday yakunlanayotganligi bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlar qilindi.

Qayd etish joiz, markaz Toshkent shahri hududida favqulodda yuz bergan holatlar bo‘yicha tezkor bog‘lanish imkonini beradi.

Markaz 24/7 rejimida muntazam qo‘ng‘iroqlarga javob berib, murojaatlar ro‘yxatini shakllantiradi va tegishli xizmatlarga yo‘naltiradi. Murojaatlar ijrosini monitoring qilib boradi.

Markazda geotahlil va psixologiya xonasi borligi barchaning e’tiborini tortdi. Uning faoliyati bo‘yicha Senat Raisi mutaxassislar bilan yaqindan muloqot qildi. Ularga kelib tushadigan murojaatlarning aksariyati qanday holatlar bilan bog‘liq ekanligi va uning yechim qizg‘in muhokama qilindi.
Senat Raisi markaz ish faoliyati bilan tanishar ekan xodimlarga munosib mehnat sharoitlari yaratilganligi, ular mehnatiga munosib haq to‘lanayotganligiga ham alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, Senat Raisi ushbu manzilda «Jiydali» mahallasining yettiligi bilan suhbatlashib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mahalla yettiligiga bildirilgan ishonch naqadar yuksak ekanligi e’tirof etilib, yettilikning har bir vakili o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aholi turmush farovonligi va roziligi uchun chin yurakdan bajarish kerakligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida mahallada ishsizlikni kamaytirish, xorijiy migrasiyadan qaytganlar bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, imkoniyati cheklanganlar va yolg‘iz keksalarga e’tibor borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati