Braziliya Oliy sudi X ijtimoiy tarmog‘ini «zudlik bilan yopish»ni buyurdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 13:26
Braziliya Oliy sudi sudyasi 30 avgust, juma kuni mamlakatdagi X ijtimoiy tarmog‘ini «zudlik bilan yopish»ni buyurdi.

Qaror X ning Braziliyadagi rasmiy vakilini tayinlash uchun sud tomonidan ajratilgan 24 soatlik muddat tugaganidan keyin qabul qilindi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Aleksandr de Moraes X ga ijtimoiy tarmoq Oliy sudning barcha oldingi buyruqlarini bajarmaguncha Braziliyadagi faoliyatini to‘xtatishni buyurdi. Ular orasida uch million dollardan ortiq jarima to‘lash va X.ning Braziliyadagi vakilini tayinlash ham bor.

Shuningdek, Moraes qaroriga ko‘ra, tarmoq blokirovkasini chetlab o‘tganlar har bir qoidabuzarlik kuni uchun 50 ming real (deyarli to‘qqiz ming dollar) jarimaga tortiladi.

X egasi Ilon Mask hakamning qarori bo‘yicha bir nechta fikrlarni yozib, qayta joylashtirdi. «Ular Braziliyada haqiqatning asosiy manbasini yopmoqda», dedi Mask. U, shuningdek, Moraesni «sud kiyimidagi yovuz diktator» deb atagan postni qo‘ydi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati