Taniqli aktyor O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 13:12

Yaponiyalik taniqli aktyor va boshlovchi Keysuke Minamini «O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi» etib tayinlandi.

"Dunyo" AAning xabar berishicha, Keysuke Minami ishtirokida joriy yilning aprel oyida Yaponiyaning eng mashhur sayyohlik ko‘rsatuvi – «Asada! Namadesu tabi sarada»ning O‘zbekistonga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlari tasvirga olingan.

Yapon aktyori Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlarining tarixiy obidalari, milliy taomlari, mehmondo‘st xalqi va ushbu hududlarda sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklarni yuqori baholagan.

Keysuke Minami bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida Yaponiyada mamlakatimizning turizm salohiyati va O‘zbekiston turizm brendini keng targ‘ib qilish haqida gap borgan.

Keysuke Minami 1985 yilda Tokio shahrida tug‘ilgan. Yaponiyaning mashhur Vaseda universiteti bitiruvchisi. Bir qancha yapon kino va seriallarida bosh rollarni ijro etgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati