Zelenskiy Harbiy havo kuchlari komandirini ishdan bo‘shatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-08-2024, 13:02

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan o‘z lavozimidan chetlatildi. Ishdan bo‘shatish sababi e’lon qilinmadi, ammo iste’fo Ukraina F-16 qiruvchilaridan birining yo‘qolishi fonida yuz berdi.

General-leytenant Anatoliy Krivonojko Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

«Men Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonini almashtirishga qaror qildim. Men barcha harbiy uchuvchilarimizga, muhandislarimizga, mobil o‘t o‘chirish guruhlari askarlariga, havo hujumidan mudofaa ekipajlariga cheksiz minnatdorchilik bildiraman», — dedi Zelenskiy «xodimlar» va «barcha askarlarimizga» g‘amxo‘rlik qilish zarurligini ta’kidlab.

26 avgust kuni Ukrainaga shu oy boshida yetkazib berilgan F-16 qiruvchilaridan biri halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda payshanba kuni Wall Street Journal (WSJ) o‘z nomini oshkor etmagan amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.

Maqolada qayd etilishicha, “halokat katta ehtimol bilan uchuvchi xatosi oqibati bo‘lgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati